AQShning Shimoliy Karolina shtatidagi maktabda ro‘y bergan otishma chog‘ida yaralangan o‘quvchi vafot etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Voqea Matyus shahri maktabida ro‘y berdi.
Voqea haqida shahar politsiyasi Twitter‘dagi sahifasi orqali ma‘lum qildi.
Aytilishicha, voqeada gumondor boshqa bir maktab o‘quvchisi qo‘lga olingan. Aytilishicha, ikki bola vestibyulda janjallashib qolgan, buning natijasida otishma kelib chiqqan. Yarador o‘quvchi shifoxonada jon taslim qilgan.
Izoh (0)