Saudiya Arabistoni bosh prokuraturasi jurnalist Jamol Qoshiqchi mamlakatning Istanbuldagi konsullikda qasddan o‘ldirilgan deb topdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Turkiya rasmiylaridagi ma’lumotlar Qoshiqchini o‘ldirishda gumon qilinayotganlar qasddan harakat qilganini ko‘rsatadi”, — deyiladi bayonotda.
Xabarda aytilishicha, Turkiya-Saudiya qo‘shma guruhi to‘plagan ma’lumotlar asosida tergov ishlari davom ettiriladi.
Saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi Washington Post gazetasi (AQSh) sharhlovchisi bo‘lib, 2017-yildan buyon AQShda istiqomat qilardi. U 2-oktabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligiga kirganidan so‘ng g‘oyib bo‘ldi.
20-oktabr kuni Saudiya Arabistoni bosh prokurori Qoshiqchi o‘ldirilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi versiyani oshkor etdi. Ish yuzasidan 18 kishi ushlanib, so‘roq qilindi.
Izoh (0)