Yaponiyada transport vertolyoti texnik nosozlik tufayli 600 kilogramm suyuq betonni parvoz chog‘ida yerga to‘kib yubordi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Voqea mamlakat janubi-sharqidagi Sikoku orolining Koti prefekturasida ro‘y berdi.
Beton elektr uzatish tarmog‘i ustuni qurilishiga mo‘ljallangan bo‘lib, maxsus konteynerda vertolyot yordamida olib ketilayotgan edi.
Vertolyot Nishi Nippon AirLine kompaniyasiga tegishli edi. U 1,4 kilometr balandlikdan uchayotgandi. Ammo vertolyot qo‘nganida konteyner qopqog‘i ochilib, beton to‘kilib ketgani ma’lum bo‘ldi.
Beton to‘kilgan hududda odamlar istiqomat qilmaydi.
Izoh (0)