20-oktabr kuni Navoiy shahridagi Bunyodkorlar ko‘chasida joylashgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in chiqqan 8/5A-uyda 1949-yilda tug‘ilgan 1-guruh nogironi N.R, 8/4A-uyda 1958-yilda tug‘ilgan 2-guruh nogironi A.X. va 1981-yilda tug‘ilgan 1-guruh nogironi S.X. istiqomat qilgan, deb yozadi O‘zA.
Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi Kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga yong‘in xavfsizligi xizmatining bo‘linmalari yong‘in haqida xabar kelib tushgach 5 daqiqada yetib borgan.
Ko‘rilgan chora va tezkor harakatlar natijasida yong‘in zudlik bilan o‘chirilgan. Nogiron shaxslar o‘t o‘chiruvchilar tomonidan tezkorlik bilan qutqarilgani sababli tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Yong‘inga to‘rtta yong‘in o‘chirish ekipaji jalb etilgan. Yong‘in oqibatida 8/4A-uyning 30 kvadrat metr maydonda tomi, shifti va uy-jihozlari hamda 8/5A-uyning 20 kvadrat metr maydonda va 6A-uyning 18 kvadrat metr maydonda tom qismi yonib zararlangan.
Yong‘in sababi aniqlanmoqda va ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)