Fransiya prezidenti partiyasi “Olg‘a, Respublika” deputati Letisiya Avia qonunchilikka lingvistik diskriminatsiya va aksent ustidan kulishlarga qarshi qaratilgan tuzatishlar kiritishni taklif qilmoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
Fransuz deputatining bu kabi tashabbus bilan chiqishiga “Zabt etilmagan Fransiya” muxolifatchi partiyasi yetakchisi Jan-Lyuk Melanshon bilan bog‘liq hodisa sabab bo‘ldi. Melanshon Milliy majlisda jurnalistlar bilan muloqotida aksent bilan gapirgan jurnalist ayolga iltifotsizlik ko‘rsatdi. “Birortangizda fransuzchada ifodalangan savol bormi? Sal bo‘lsa-da tushunarliroq”, — dedi Melanshon unga yoqmagan savoldan so‘ng.
“Aksentimiz bo‘lsa, fransuzchada yomonroq gapiramizmi? Standart talaffuzimiz bo‘lmasa, kamsitilishimiz kerakmi? Aksentimiz — bizning o‘zimizga xosligimiz. Partiyadagi hamkasblarimiz bilan birga lingvitsizmni diskriminatsiya deb tan oluvchi qonun loyihasini kiritdik”, — deydi parlamentariy Twitter’dagi sahifasida.
Izoh (0)