Xalqaro forum doirasida Rossiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida malakali mutaxassislarni hamkorlikda tayyorlash maqsadida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ko‘plab shartnomalar imzolanmoqda, deb yozadi O‘zA.
“Rossiya tibbiyotida simulyatsiya o‘qitish jamiyati” butun Rossiya jamoat tashkiloti a’zosi Chindiyazov Aleksandr Yuryevich o‘z tashkiloti va hamkorlik loyihalarining kelajakdagi ahamiyati haqida gapirib o‘tdi.
“Bizning tashkilotimiz tibbiy ta’lim va amaliy tibbiy xizmatda simulyatsiya texnologiyalarini tatbiq etishda ko‘nikmalar va qobiliyatlarini ishga solish, sertifikatlash, bemorlar uchun xavfsiz tibbiy uskunalar texnologiyalarini tadqiq etish va sinovdan o‘tkazish uchun yordam beradi, — deydi A. Yuryevich. — Simulyatsiyalar sohasi hozirda juda ommalashmoqda. Biz yosh kadrlarga malakali shifokor bo‘lishlari va tajribalarini oshirish uchun sinovlarni odamlar yoki hayvonlarda emas, balki robotlar ustida olib borishlarini o‘rgatamiz.
Bu esa yosh shifokorlarga to‘g‘ri tashxis qo‘yish va bemorlarni sifatli davolashlari uchun katta yordam beradi.
So‘nggi 2—3 yilda O‘zbekiston bilan hamkorligimiz tobora kuchaymoqda. Xususan, Toshkent pediatriya tibbiyot institut bilan hamkorlikda poytaxtingizda simulyatsiya markazini qurish ustida muzokaralar olib bormoqdamiz.
Ushbu markaz jahon va Rossiya tajribalaridan kelib chiqqan holda quriladi. O‘zbekiston va Rossiyaning o‘qitish tizimi deyarli bir xil bo‘lganligi sababli o‘zaro bir-birimizni tushunishimiz oson bo‘ladi. Shuningdek, mamlakatingizda mazkur soha bo‘yicha markazlar barcha tibbiyot inistitutlarida mavjud bo‘ladi.
Ta’lim sifatini oshirishda simulyatsion o‘qitishning qaytarish va ko‘p marotaba kuzatish, imitatsion va virtual trening singari qator ustuvor yo‘nalishlari markaz faoliyatiga to‘liq tatbiq etiladi.
Hozirda bir qator o‘zbek shifokorlari bizning tashkilotda tajriba oshirmoqda. Bu esa tez orada ikki mamlakat hamkorligida tibbiyot simulyatsiyasi sohasi jadal rivojlanishiga sabab bo‘ladi”.
Izoh (0)