JV MAN Auto-Uzbekistan MChJ QK Tojikistonga 14 ta MAN samosvalini yetkazib beradi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” matbuot xizmati xabar bermoqda, deb yozadi “Spot”.
“Hamkorlik chegaralarini kengaytirish va xorijiy bozorlardagi mavqeini mustahkamlash maqsadlarida, JV MAN Auto-Uzbekistan MChJ QK Qog‘oziston, Tojikiston, Qirg‘iziston bozorlariga kirib borishda faol davom etmoqda”, — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, Tojikistondagi “Sinov mexanika zavodi” YOAJ bilan kompaniya umumiy qiymati 1 481 200 AQSh dollariga teng 14 dona MAN TGS 41.400 8×4 BB samosvalini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzdi.
Ushbu avtomobil-samosvallar ortdan to‘kiladigan 20 metr kub hajmli kuzovga ega, yuk ko‘tarish qobiliyati — 28 tonna, qoya toshlar va yirik bo‘lakli materiallardan tashqari, inert materiallar (tuproq, shag‘al, qum, mayda tosh, asfalt-beton va sh. k.) tashishga mo‘ljallangan.
Shuningdek, Common Rail zamonaviy yoqilg‘i uzatish tizimli qudratli tejamkor D20 dvigateli, 16 bosqichli mexanik uzatmalar qutisi, kuchaytirilgan ressor osmasi, ABSli barabanli tormoz, elektron nazorat tizimlari va qulay kunduzgi kabina bilan jihozlangan.
Izoh (0)