Farg‘ona shahri va tumaniga yangi hokimlar tayinlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda. Farg‘ona shahriga Ravshan Rahimjonov vaqtinchalik yangi rahbar etib tayinlangan. U shu vaqtgacha kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatgan.
Farg‘ona tumaniga esa Ilhom Nosirov hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. U 2017-yilning martidan shu kungacha Farg‘ona viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlagan.
Farg‘ona tumani hokimi Sodiqjon Qodirovich Imomaliyevning ishdan olinishi qishloq xo‘jaligi ishlariga sustkashlik bilan yondashgani, ayrim yer maydonlarining noqonuniy ajratilishi holatlarining mavjudligi kabi sabablar bilan bog‘langan.
Farg‘ona shahri hokimi Shavkat Shokirovich Erkaboyev esa shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)