Italiyaning Roma shahrida bo‘lib o‘tgan 19-Osiyo filmlari festivalida 73 yil oldin suratga olgan “Tohir va Zuhra” filmi uchun, milliy o‘zbek kinosining asoschilaridan biri, kinorejissor, butun umrini kino san’atiga bag‘ishlagan Nabi G‘aniyev “Jahon kinosiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun” maxsus diplomiga munosib ko‘rildi. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi rasmiy sayti xabar bermoqda, deb yozadi O‘zA.
Festivalda O‘zbekiston, Xitoy, Vyetnam, Gruziya, Eron va boshqa bir qator Osiyo mamlakatlaridan jami 26 ta film namoyish etildi. Ular qatorida 8-oktabr kuni Rashid Malikovning “Sabot” va 10-oktabr kuni Nabi G‘aniyevning “Tohir va Zuhra” filmi namoyish etildi.
“Osiyo filmlari festivalida 73 yil oldin o‘zbek kinosining asoschilaridan biri, kinorejissor Nabi G‘aniyev suratga olgan ‘Tohir va Zuhra’ filmi tanlab olingani va u Yevropa kino san’ati ustalarining e’tirofiga sazovor bo‘lgani kinochilikda tarixiy filmlarga nisbatan obyektiv yondashuvning yana bir namunasi bo‘ldi”, — deydi “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizayev.
Izoh (0)