O‘zbekiston Prezidenti farmoyishiga asosan Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi mas’ul xodimi O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasining mas’ul lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ga Davlat xizmatlari agentligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qildi.
Davlat xizmatlari agentligi Davlat huquqiy xizmatlarini joriy etish va rivojlantirish bo‘limi katta maslahatchisi Sultonov Muxiddin Mamatyusufovich Prezident administratsiyasi Davlat xizmatlari ko‘rsatishni muvofiqlashtirish sho‘basi yetakchi inspektori lavozimiga tayinlandi.
Izoh (0)