Toshkent IIBB xodimlari yo‘qolib qolgan qiz uyga qaytishiga yordam berdi
Toshkent shahar IIB xodimlari yo‘qolib qolgan 14 yoshli qiz uyga qaytishiga yordam berdi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aytilishicha, tez ta’sir kuchlari guruhi kechki soat 2:00 da sovuq qotgan qizni Beruniy ko‘chasidagi “Sharq” supermarketi oldidan topib oldi. Qiz idoraga olib ketildi.
Surishtiruv ishlaridan so‘ng qizning onasi 14-oktabr kuni qizini qidirib ichki ishlar idoralariga murojaat etgani ma’lum bo‘ldi. Qidiruv sakkiz soat davom etgandi.
Qiz uyiga olib borib qo‘yildi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar