Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2018-yil 28—29-sentabr kunlari Nyu-Deli shahrida “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi va O‘zbekiston-Hindiston biznes-forumi davomida umumiy 104,1 million dollar miqdorida 29 ta shartnoma imzolandi. Bu haqda Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: Tashqi savdo vazirligi

Foto: Tashqi savdo vazirligi

Ikki davlat tashkilotlari va ishbilarmon doiralarining 100 dan ziyod vakillari ishtirok etgan ushbu tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida tashkil etildi.

Jumladan, tomonlar umumiy 102,1 million dollarlik eksport shartnomalari va 1 ta import kelishuvini (2 million dollar) imzoladi. Eksport shartnomalari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (quritilgan mevalar, dukkakli mahsulotlar, bodom, qizilmiya ildizi), kimyo, shuningdek tekstil mahsulotlari yetkazib berishdan iborat, import shartnomasi esa qurilish materiallarini sotib olishni nazarda tutadi.

Tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha Davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Tashqi savdo vazirligi hamda “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasi tomonidan tashkil etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?