Oilada fojia yuz berganda, bu uni mustahkamlashi kerak. Biroq xitoylik 40 yoshli Tyan Xaychen ikki yil avval avtohalokatga uchrab, falaj bo‘lib qolganda, rafiqasi uni tashlab ketdi. Erkakning baxtiga undan barcha oila a’zolari voz kechmadi, deb hikoya qiladi Big Picture.
Erkakning olti yoshli qizi Szya Szya otasining g‘amxo‘rligini o‘z qo‘liga oldi va ikki yildan buyon unga g‘amxo‘rlik qilmoqda.
Tyan tanasining ko‘krak qafasidan pastki qismi falaj bo‘lib qolgan. 2016-yilning mart oyida u taksiga o‘tirgan va YTHga uchragan. Fojiadan bir necha oy o‘tib, u bilan yetti yil yashagan rafiqasi qarindoshlarini ko‘rishga bir necha kunga ketayotganini aytgan, biroq qaytib kelmagan. Ayol o‘zi bilan katta o‘g‘lini olib ketgan.
Tyan ayoli bilan uchrashishni xohlamaydi. Ular hali ajrashmagan.
Xitoy OAVlariga ko‘ra, har kuni Szya Szya ertalab soat oltida turib, otasini massaj qiladi. Maktabga ketishdan oldin qiz otasiga tishlarini tozalashga va yuvinishga yordam beradi. Qiz maktabda bo‘lgan vaqtda falaj otasiga buvisi va bobosi qarab turadi. Maktabdan keyin Szya Szya tushlik tayyorlaydi va otasiga uy bo‘ylab yurishga yordam beradi.
Izoh (0)