Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

​Qoraqalpog‘iston Respublikasi jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish bo‘yicha namunaviy hudud sifatida tanlab olingan. Hududda turli sport tadbirlari, musobaqalar va targ‘ibot ishlari samaradorligi tajriba-sinovdan o‘tkazilmoqda, deb xabar beradi  Jismoniy tarbiya va sport vazi​rligi matbuot xizmati.

Foto: Vazirlik matbuot xizmati

Foto: Vazirlik matbuot xizmati

Chora-tadbirlar doirasida O‘zbekistan Yoshlar ittifoqi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Qoraqalpog‘istonning barcha tumanlarida “Yoshlar sport haftaligi”ni namuna tarzida tashkil etdi. Haftalik davomida sportning shaxmat-shashka, badiiy gimnastika, mini-futbol, voleybol, stol tennisi, badminton turlari bo‘yicha o‘yinlar tashkil etilib, ularda 200 ming nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirlarda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev ham ishtirok etib, ularda ishtirok etuvchilar qamrovini kengaytirish uchun samarali mexanizmlar qo‘llanilishi lozimligi, mazkur hududda to‘plangan tajriba asosida respublikaning barcha hududlarida haftaliklarni tashkil etilishini ta’kidladi.

Vazir respublikada aholi uchun mavjud sport inshootlaridan istalgan payti foydalanish imkoniyatining yaratilish holatini ham o‘rgandi. Jumladan, Nukus shahridagi sport inshootlarida barcha yoshdagi insonlar uchun tashkil etilgan badantarbiya mashqlarini kuzatdi va o‘zi ham ular bilan birgalikda bajardi.

Foto: Vazirlik matbuot xizmati

Foto: Vazirlik matbuot xizmati

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Kino ijodkorlar tomonidan ishora qilingan, ammo ko‘pchilik payqamagan mashhur filmlardagi detallar (foto)
Dunyo
AQSH osmonida razvedkachi havo shari aniqlandi. Pentagon sharni Xitoyga tegishli deb hisoblamoqda (video)
Mahalliy
O‘zbekistonning qator hududlarida 4-fevral kuni ham yomg‘ir yog‘adi