Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasi IIVda Interpol vitse-prezidenti — Rossiya Federatsiyasi IIV Interpol milliy markazi byurosi boshlig‘i politsiya general-mayori Aleksandr Prokopchuk va Rossiya Federatsiyasi IIVning O‘zbekiston Respublikasidagi vakili politsiya polkovnigi Yevgeniy Fedotov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Foto: IIV

Foto: IIV

Mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuhamedov qabul qildi.

General-mayor D.Nazarmuhamedov mehmonlarni tashrif bilan qutlab, O‘zbekistonda ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jabhalarda keng ko‘lamli islohotlar, yangilanishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Xalq farovonligi, yurt tinchligini ta’minlashga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini to‘laqonli va samarali himoya qilishga qaratilgan mazkur islohotlar natijasi, avvalo, mamlakat ichki ishlar organlari faoliyatida yaqqol ko‘zga tashlanayotganini qayd etdi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, Jinoyat politsiyasi xalqaro tashkiloti — Interpol dunyodagi eng yirik xalqaro politsiya tashkiloti hisoblanadi. Bu tashkilot turli mamlakatlar politsiya xizmatlarining hamkorligini ta’minlaydi va maqsadi umumiy jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘lgan davlatlarning huquq-tartibot organlari hamda xalqaro hududiy tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlab, ularga yordam beradi.

Uchrashuv davomida Jinoyat politsiyasi xalqaro tashkiloti – Interpol faoliyatida Rossiya va O‘zbekistonning transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga oid masalalar muhokama qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi