Rossiyalik mashhur vizajist Goar Avetisyan toshkentlik 10 yoshli Elviraning davolanishi uchun mablag‘ yig‘moqda, deb yozadi “Podrobno.uz”.
“Uning oyog‘ini davolashgan, ammo sog‘lig‘i yomonlashib, cho‘loqlanib qolgan. MRT qilib ko‘rishganida 4-umurtqa yonida shish borligi aniqlangan. U asli O‘zbekiston, Toshkentdan. U yerda uni davolashga urinishgan, turli tashxislar qo‘yishgan, biroq davolanish yordam bermay qo‘ygach, shifokorlar uning tuzalishiga umid yo‘qligini aytib uyiga jo‘natgan, ammo ular taslim bo‘lmadi va Moskvadan shifokor topdi, u qizaloqni davolashga kirishdi”, — deb yozdi u o‘z Instagram’iga.
“To‘planishi kerak bo‘lgan summa 5 million rubl, muxlislarimdan har biri 1 rubldan yuborgan taqdirda ham, uni bir zumda yig‘ishimiz mumkin. Elvira tuzalib ketsa, politsiya kapitani bo‘lishni orzu qiladi. Biz qizaloqqa yordam bera olamizmi?” — deb yozdi Goar Avetisyan.
Izoh (0)