Antarktikadagi “Konkordiya” stansiyasi — 2005-yilda fransuzlar va italyanlar tomonidan dunyodagi eng katta cho‘lda ochilgan tadqiqot stansiyasi, deb yozadi TJournal. U yerda yilda 4 oy quyosh bo‘lmaydi, harorat -70 darajagacha tushib ketadi, hayvonlar esa mintaqada yashay olmaydi.
“Konkordiya”da Yevropa kosmik agentligi xodimlari uzoq davom etuvchi kosmik parvozlarning ehtimoliy oqibatlarini o‘rganadi. Ammo 29-sentabr kuni stansiya xodimlari boshqa bir eksperimentni amalga oshirdi: ular lag‘monni qahratonda qoldirdi.
“Konkordiya” olimlari taomni tayyorlab, uni shu zahoti tadqiqot minoralaridan biring tepasida bir necha daqiqaga qoldirdi. -60 daraja sovuqda lag‘mon muzlashi effekti binoning ichida turib, bir necha marta suratga olishga yetdi.
Izoh (0)