Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

23—25-sentabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov rahbarligidagi delegatsiya Belgiyada bo‘ldi, deb yozadi O‘zA.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Tashrif doirasida Yevropa tashqi faoliyat xizmati, Yevroparlament va Belgiya Qirolligi parlamentida muzokaralar o‘tkazildi. Yevroparlament, Yevropaning Osiyo tadqiqotlari instituti va Janubiy Osiyo demokratiya forumida davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvlar yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti va O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro munosabatlar bo‘yicha axborot-tahlil markazi bilan Yevropaning Osiyo tadqiqotlari instituti hamda Janubiy Osiyo demokratik forumi o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha muntazam ravishda ekspert muhokamalari o‘tkazish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Biznes
Amazon, Meta, Alphabet va Microsoft xodimlarni qisqartirish uchun 10 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ sarflaydi
Mahalliy
Toshkentda avtokran qulashi oqibatida mashinist vafot etdi (video) 
Mahalliy
Turkmaniston O‘zbekistonga tekinga gaz yetkazib beradi