Nigerda suv toshqinlari oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi, yana 200 dan ortig‘i u yoki bu darajada tabiiy ofatdan jabrlandi, deb yozadi “Korrespondent.net” BMTning Nigerda gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqarmasiga tayanib.
Ta’kidlanishicha, mamlakatning ko‘plab hududlarida iyundan buyon davom etayotgan kuchli yomg‘irlar suv toshqinini keltirib chiqargan.
Bir nechta provinsiyalar, shu jumladan, mamlakat g‘arbidagi Doso, shimoldagi Agades, markaziy qismdagi Marada va Zinder zarar ko‘rgan.
Izoh (0)