Vyetnam shimolida 47 yil avval o‘quv parvozi davomida g‘oyib bo‘lgan sovet uchuvchisi Yuriy Poyarkovning jasadi topildi. Bu haqda “Zvezda” telekanali saytida ma’lum qilindi.
Qidiruv ekspeditsiyasi uchuvchining nabirasi tashabbusi bilan tashkillashtirilgan. Yil davomida qidiruv ishlari olib borilgan, natijada ikki jasad va samolyot bo‘laklari topilgan.
Yuriy Poyarkov harbiy yordam ko‘rsatish uchun yuborilgan sovet mutaxassislari guruhi tarkibida Vyetnam xalq armiyasiga yo‘naltirilgan. U instruktor uchuvchi bo‘lib xizmat qilgan. 1971-yilning aprelida Poyarkov vyetnamlik uchuvchi bilan birga MiG-21S qiruvchi samolyotida o‘quv parvoziga chiqib, qaytib kelmagan. Vyetnamliklar ularni topa olmagach, o‘n kun o‘tib qidiruv ishlari to‘xtatilgan.
Izoh (0)