Kecha, 25-sentabr sanasida Germaniya bundesligasining 5-tur bahslari boshlandi. Tur doirasida 4 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, “Shalke-04” jamoasi safarda “Frayburg”ga qarshi maydonga tushib, 1:0 hisobida imkoniyatni boy berdi. Musobaqa peshqadami “Bavariya” esa o‘z uyida “Augsburg”ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Mezbonlarning goliga Aryen Robben mualliflik qilgan bo‘lsa, mehmonlarning javob goli Feliks Gyotse nomiga yozildi.
Bugun tur doirasida beshta o‘yin bo‘lib o‘tadi. Xususan, “Bayer Leverkuzen” jamoasi safarda “Fortuna” bilan kurash olib borsa, “Borussiya D” esa o‘z maydonida “Nyurnberg”ni qabul qiladi.
Bundesliga
5-tur bellashuvlari
25-sentabr, seshanba
“Verder” – “Gerta” 3:1
Gollar: 1:0 – 11 Xarnik, 2:0 – 45 Velkovich, 2:1 – 53 Dilrosun, 3:1 – 66, penalti Kruze.“Frayburg” – “Shalke-04” 1:0
Gol: 1:0 – 52 Niderlexner.“Gannover” – “Hoffenhaym 1:3
Gollar: 0:1 – 20 Brenet, 0:2 – 49 Kaderjabek, 1:2 – 55, penalti Fyullkrug, 1:3 – 90 Belfodil.“Bavariya” – “Augsburg” 1:1
Gollar: 1:0 – 48 Robben, 1:1 – 86 Gyotse.26-sentabr, chorshanba
Izoh (0)