Buxoro viloyati Qoroko‘l tumanidagi “Andakli 1” izlov-qidiruv qudug‘idan sanoat miqyosidagi gaz oqimi olindi. Bu haqda ushbu izlov-qidiruv qudug‘ida ish olib borayotgan “Olot neft va gaz qidiruv ekspeditsiyasi” MChJ vakili “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: “Olot neft va gaz qidiruv ekspeditsiyasi” MChJ

“Buxoro viloyati Olot tumanida joylashgan “Olot neft va gaz qidiruv ekspeditsiyasi” MChJ tomonidan Buxoro viloyati Qoroko‘l tumani hududiga qarashli “Andakli 1” izlov-qidiruv qudug‘idan burg‘ilash ishlari olib borilishi jarayonida mahsuldor qatlamda ochiq o‘zanda sinov ishlari olib borilib sanoat miqyosidagi gaz oqimi olindi.

“Andakli 1” izlov-qidiruv qudug‘i kon deb e’lon qilindi. Endilikda bu maydonda izlov-qidiruv ishlari jadallik bilan olib boriladi”, — deyiladi xabarda.