24-sentabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Jazoir elchisi Naser Busheritni uning iltimosiga ko‘ra qabul qildi, deb yozadi TIV matbuot xizmati.
Elchi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga yo‘llangan Jazoir Prezidenti Abdulaziz Buteflikaning maktubini topshirdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston—Jazoir aloqalarini faollashtirishning istiqbolli yo‘nalishlari, jumladan qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish masalasi yuzasidan fikr almashildi.
Izoh (0)