Toshkent shahar hokimligi 20-oktabrga qadar Chingiz Aytmatov ko‘chasini obodonlashtirish va Chingiz Aytmatov barelyefini o‘rnatish ishlarini amalga oshiradi, deb yozadi O‘zA.
Bunda barelyef poydevori (postament)ni barpo etish, atrofidagi piyodalar yo‘laklarini kengaytirib, beton qoplamasi yotqizish, maydonga o‘rindiqlar va tungi yoritish, yashil maydonlarga sun’iy sug‘orish moslamalari o‘rnatish, raygress yotqizish va gul ko‘chatlari ekish ishlari amalga oshiriladi.
Izoh (0)