Parij sharqidagi Vensen o‘rmonida joylashgan chodirda gaz portlashi oqibatida olti nafar harbiy xizmatchi jarohat oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, ertalabki yugurish paytida askarlar yonayotgan chodirni ko‘rgan. Ular chodirda birov bor-yo‘qligini ko‘rish uchun yaqinlashganida portlash ro‘y bergan.
Chodirni uysizlar tikkani taxmin qilinmoqda.
Olti yaradorning ikki nafari jiddiy jarohat olgan. Politsiya surishtiruv ishlarini olib bormoqda.