Bugun, 23-sentabr sanasida o‘tkazilishi belgilangan Angliya premyer-ligasining 6-turi so‘nggi uchrashuvi ham yakunlandi.
Turning so‘nggi o‘yinida “Arsenal” o‘z maydonida “Everton”ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ikkala gol ham ikkinchi bo‘limda kiritildi. Avvaliga 56-daqiqada Aleksandr Lyakazett hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 3 daqiqa o‘tib, Pyer-Emerik Obameyang hisobni 2:0 ko‘rinishida bo‘lishini ta’minladi.
Shu tariqa APL 6-turi o‘z nihoyasiga yetdi.
Angliya premyer-ligasi
6-tur bellashuvlari
23-sentyabr, yakshanba
“Arsenal”—“Everton” 2:0
Gollar: 1:0 – 56 Lyakazett, 2:0 – 59 Obameyang.“Arsenal”: Chex, Mustafi, Monreal, Belyerin, Papastatopulos (Holding, 39), Ozil, Jaka, Torreyra, Remzi (Uelbek, 80), Obameyang (Ivobi, 69), Lyakazett.
“Everton”: Pikford, Kin, Din, Kenni, Zuma, Sigurdsson, Devis, Uolkott (Bernard, 72), Guye, Risharlison, Kelvert-Lyuin (Tosun, 72).
Ogohlantirishlar: Torreyra (15), Din (27), Papastatopulos (30).
Izoh (0)