O‘zbekistonga 17-sentabr kuni AQShning xalqaro diniy erkinliklar sohasidagi maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Samuel Deyl Braunbek boshchiligidagi delegatsiya keladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“AQSh delegatsiyasi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda”, — deyiladi TIV axborotida.
Tashrif dasturiga ko‘ra Oliy Majlis Senati, Bosh prokuratura, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, O‘zbekiston musulmonlari idorasida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Toshkent shahrida delegatsiya a‘zolari “Diniy bag‘rikenglik: O‘zbekiston va AQSh tajribasi” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etadi.
Izoh (0)