12-sentabr kuni Qozog‘iston respublikasi davlat kotibi, prezident huzuridagi ayollar va oila-demografik siyosat milliy komissiyasi raisi Gulshara Abdikalikova boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati.
Tashrif doirasida 13-sentabr kuni O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Qozog‘iston respublikasining Ayollar va oila-demografik siyosati milliy komissiyasi hamkorligida biznes-forum hamda kooperatsion birja tashkil etildi.
Har ikki davlat o‘rtasida ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, tadbirkorlikning innovatsion usullarini o‘rganish bo‘yicha fikr va tajriba almashish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda o‘zbekistonlik va qozog‘istonlik tadbirkor ayollar o‘rtasida oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, turizm, farmatsevtika, ishlab chiqarish, tibbiy konsalting, maktabgacha ta’lim, to‘qimachilik va boshqa sohalarda xamkorlik qilish bo‘yicha o‘ndan ortiq kelishuv va bitimlar imzolandi.
Izoh (0)