2018-yilning 9-sentabr kuni Jizzax viloyati Paxtakor tumanida yashovchi J.A. tan jarohati bilan RShTYoIMning Jizzax viloyat filialiga yotqizildi, deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining matbuot xizmati.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida shu yil 24-avgust kuni J.A. viloyat Narkologiya dispanserida davolanayotgan vaqtida shu Narkologiya dispanseri sanitari J.J. uning bosh va yuz qismlariga qo‘li bilan urib, jarohat yetkazganligi aniqlangan. Ko‘rilgan choralar natijasida J.J. qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)