Isroilning G‘azo sektori bilan chegarasidagi to‘qnashuvlar chog‘ida falastinlik o‘smir halok bo‘ldi. Shuningdek, yuzga yaqin odam, asosan falastinliklar yaralandi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
G‘azo sektorining janubiy qismidagi Rafaxa shahridan sharqroqda ro‘y bergan to‘qnashuvlar chog‘ida 17 yoshli Bilol Xafaja Isroil askarlari tomonidan otib tashlandi.
Falastinliklarning Isroil chegarasidagi ommaviy namoyishlari mart oyining oxiridan buyon davom etmoqda. Namoyishlar boshlanganidan buyon 174 nafar falastinlik halok bo‘ldi.
Izoh (0)