AQSh Idlibda terrorchilarga qarshi kurashish rejasini taqdim etishga tayyor, ammo bu masalada Rossiya bilan hamkorlik qilmaydi. Bu haqda AQSh Qurolli kuchlari shtablari boshlig‘i general Jozef Danford bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
Danfordning so‘zlariga qaraganda, u rossiyalik hamkasbi armiya generali Valeriy Gerasimov bilan Idlibda inqiroz boshlanganidan buyon gaplashmagan.
Pentagonning ma’lum qilishicha, 20–30 mingga yaqin terrorchi Idlibga kirgan va ular u yerdagi yuz minglab odamlar ichida yashirinishga urinmoqda.
Izoh (0)