IShID terrorchilik tashkiloti qo‘poruvchilik-terrorchilik guruhlarini tayyorlamoqda va ularni Yevropa, Markaziy, Janubi-Sharqiy Osiyo va Rossiyaga tashlamoqda. Bu haqda ShHTning Mintaqaviy aksilterrorchilik tuzilmasi ijro qo‘mitasining direktori o‘rinbosari Jumaxon G‘iyosov ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Suriyada terrorchilar o‘choqlarining muvaffaqiyatli bostirilishi qolgan jangarilarni qayta joylashish, ularning yetakchilarini esa o‘z xorijiy filiallarini faollashtirishga majbur qilmoqda. IShID tomonidan tashkil etilgan maxsus tuzilmalar qo‘poruvchilik-terrorchilik guruhlarini tayyorlash va ularni Yevropa, Markaziy, Janubi-Sharqiy Osiyo va Rossiyaga tashlash bilan shug‘ullanmoqda”, — dedi G‘iyosov “Xalqaro terrorizmga qarshi kurashishda noqonuniy qurol yetkazishga qarshi harakatlar” konferensiyasidagi chiqishida.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)