Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Amerika Qo‘shma Shtatlari 1960-yillarda yetakchi qudratli sanoat mamlakatlari sifatida sobiq ittifoq va Xitoyni ommaviy yo‘q qilish bo‘yicha rejalarni tayyorlagan, shu bilan bir qatorda, Amerika harbiylari ushbu davlatlarning fuqarolarini ommaviy qirg‘in qilish imkoniyatini ko‘rib chiqqan, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Tadqiqotchilar e‘tiborini 1964-yil sanasi ko‘rsatilgan Yagona integrallashgan tezkor reja (SIOP) hujjatlari tortgan. Unda yadro qurolini qo‘llash masalalari ko‘rib chiqilgan bo‘lgan. Xususan, hujjatda sobiq ittifoq sanoat salohiyatining 70 foizini yo‘q qilish zarurati haqida gap borgan.

Shu bilan birga AQSh fuqarolarning ommaviy halokatga uchrashi imkoniyatini ham chetda qoldirmagan.

1961-yilgi rejaga muvofiq, SIOP rejasi sovet shaharlarining 71 foizini yo‘q qilishni nazarda tutgan bo‘lsa, 1962-yilgi rejalarda SSSR fuqarolarining 70 millionga yaqini halok bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga AQSh birlashgan shtablari qo‘mita rahbarlari aholining yo‘q qilinishi g‘oyasiga sovet ittifoqi ustidan g‘alaba qozonishning asosiy omili sifatida qaragan.

Single Integrated Operational Plan, yoki SIOP — AQSh Qurolli Kuchlari tomonidan yadro qurolini jangovar qo‘llanilishining batafsil reglamentini o‘z ichiga olgan o‘ta maxfiy tezkor hujjatlar majmuasidir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Qonunlar ishladi”: Rasul Kusherbayevni onasidan so‘kkan fuqaro 9 mln so‘m jarimaga tortildi
Dunyo
Rossiyalik harbiylar Xersondan chekinmoqchi bo‘lgan, ammo Putin buni taqiqlagan va endi joylarda strategik qarorlarni o‘zi qabul qilishini aytgan
Dunyo
Ukrainadagi urush: taktik yadro quroli nima va u Rossiya tomonidan qo‘llanilishi mumkinmi?