28—30-avgust kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston—Rossiya munosabatlarining shartnomaviy-huquqiy asosini mukammallashtirish va inventarizatsiya qilish bo‘yicha tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Rossiya tashqi siyosat idorasining delegatsiyasiga TIVning MDH mamlakatlari bilan hamkorlik bo‘yicha uchinchi departamenti direktori o‘rinbosari Yevgeniy Teryoxin boshchilik qildi.
Ekspertlar tomonidan o‘zaro imzolangan hujjatlar inventarizatsiya qilindi, davlatlararo ahamiyatga molik 300 dan ortiq aktni qamrab oluvchi shartnomaviy-huquqiy asosning umumiy holati ko‘rib chiqildi, shuningdek, ikki tomonlama hujjatlar loyihalari yuzasidan fikr almashildi va hamkorlikning yuridik asosini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Maslahatlashuvlar davomida alohida e’tibor savdo-iqtisodiy, investitsion, innovatsiya, atom energetikasi va fazoviy sohalardagi amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan shartnomaviy-huquqiy asosni shakllantirishga qaratildi.
Izoh (0)