Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekistonning Rossiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Bahrom Ashrafxonov Sputnik bilan intervyuda Vladimir Putinning O‘zbekistonga bo‘lg‘usi tashrifi haqida gapirdi. U Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Toshkentga oktabr oyiga belgilangan davlat tashrifiga tayyorgarlik oldindan boshlab yuborilganini aytdi.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

“Tashrif doirasida yana bir muhim tadbir — birinchi Mintaqalararo forum o‘tkaziladi, u O‘zbekiston va Rossiya hududlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirish uchun maydonchaga aylanadi. B2B va B2G formatlarida qator uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda”, — dedi u.

Ashrafxonovning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 19-yig‘ilishiga tayyorgarlik bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. Majlis kun tartibidagi asosiy mavzu Rossiya prezidentining oktabrdagi O‘zbekistonga tashrifining iqtisodiy qismiga tayyorlanishga bag‘ishlanadi.

“Hozirdanoq aytish mumkinki, ushbu tashrif tarixiy bo‘ladi. Juda keng doiradagi masalalar, birinchi navbatda, savdo-iqtisodiy hamkorlik, investitsiyalar va sanoat kooperatsiyasi sohasidagi masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. Eshitgandirsiz, O‘zbekistonda MGIMO (Moskva davlat xalqaro aloqalar instituti), MIFI (Moskva muhandislik-fizika instituti), MISiS (Moskva po‘lat va qotishmalar instituti) filiallarini ochish rejalashtirilmoqda. Va, albatta, muayyan masalalar va biznes-loyihalar bo‘yicha savdo-investitsiyaviy shartnomalar va bitimlar imzolanadi”, — dedi elchi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda