Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukrainaning “Farmak” farmatsevtika korxonasi boshqaruv kengashi raisi Filya Jebrovskaya va O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi Alisher Abdualiyev O‘zbekistonda yangi farmatsevtika zavodi qurilishini kelishib oldi, deb yozadi “Podrobno.uz” Ukraina OAVlariga tayanib.

Foto: “Podrobno.uz”

Foto: “Podrobno.uz”

Ukraina tomoni Toshkent viloyatidagi farmatsevtika industrial zonasi hududida 10 million dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish hisobiga yuqori qo‘shilgan qiymatli farmatsevtika mahsulotlarini chiqarish bo‘yicha zamonaviy korxonani yaratishga tayyor.

O‘zbekiston elchisi so‘zlariga ko‘ra, dastlab “Farmak” ishlab chiqarish korxonalariga tashriflar, bir qator uchrashuvlar uyushtirilgan, shuningdek, Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekistonning oltita viloyati hududida farmatsevtika sanoat zonalarini yaratish va u yerda korxonalarni turli muddatlarga soliqlardan ozod qilish haqidagi qarori ham turtki bo‘ldi.

“‘Farmak’ bilan tashkil etiladigan yangi korxona O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dorilar assortimentini kengaytiradi, import mahsulotlariga ehtiyojni kamaytiradi va farmatsevtik klasterni yanada kengaytirish uchun asos yaratadi”, — dedi Abdualiyev.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)