Shavkat Mirziyoyev Orolni qutqarish xalqaro fondi ta’sischi-davlatlari rahbarlari sammitida ishtirok etadi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Sammit 24-avgust kuni Turkmanistondagi “Avaza” turistik zonasida bo‘lib o‘tadi.
Sammit doirasida fond boshqaruvi, Barqaror rivojlanish bo‘yicha davlatlararo komissiya va davlatlararo suv-xo‘jalik muvofiqlashtiruvchi komissiyasi yig‘ishlari o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, Turkmaniston Orolni qutqarish xalqaro fondining 2017—2019-yillardagi raisi hisoblanadi.
Izoh (0)