Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

Qaror bilan “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Tadbirkorlarga quyidagi shakldda moliyaviy yordam ko‘rsatish jamg‘armaning asosiy vazifasi hisoblanadi:

  • loyihalarni amalga oshirish uchun tijorat banklari orqali yillik 7 foiz stavka bilan imtiyozli kredit va mol-mulkni lizingga berish;
  • tijorat banklari kredit miqdorining 50 foizigacha, ammo 1 mlrd. so‘mdan oshmaydigan miqdorda Jamg‘arma kafilligini berish;
  • loyihalarda ular qiymatining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorida ishtirok etish;
  • uy xo‘jaliklari uchun 20 tagacha parranda va quyon bolasi, 5 ta mayda va 2 ta yirik qoramol sotib olishga ko‘maklashish.
Shuningdek, jamg‘arma “Yosh tadbirkorlar” kovorking-markazlari va “Yoshlar mehnat guzari” komplekslari qurilishining 30 foizigacha bo‘lgan qismini moliyalashtiradi.

Jamg‘arma mablag‘laridan imtiyozli kreditlar berish va mol-mulkni lizinga berish, tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etish, kafilliklar bilan bog‘liq to‘lovlarni to‘lash va boshqa bir qancha maqsadlarda foydalaniladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Dunyo
“Sirli odam” — Murali Lal Jalanning Minerva City bo‘yicha intervyusi bahslarga sabab bo‘lmoqda. Lal Jalan aslida kim?
Sport
Bobur Abduxoliqov Belarusda mavsumning eng yaxshi to‘purari va eng yaxshi futbolchisi sovriniga ega chiqdi