17 yil ichida ilk bor O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Dilshod Sharipov Milliy matbuot markazidan xabar berdi.

Foto: Kadr

Dastlab Tojikiston va O‘zbekiston davlat madhiyalari yangradi.

Martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ikki mamlakatning rasmiy delegatsiyalari vakillari va xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi elchilari bilan ko‘rishib chiqdi.

Ko‘ksaroydagi rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng davlat rahbarlarining muzokaralari boshlanadi. Muzokaralar avval tor, keyin keng doirada o‘tkaziladi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston—Tojikiston hamkorligini yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.