Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning Toshkentdagi Mustaqillik monumentiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Jarayonni “O‘zbekiston 24” telekanali jonli efirda namoyish etdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 17-avgust kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Toshkentga yetib keldi. Uni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shaxsan kutib oldi.
Mustaqillik monumentiga gul qo‘yish marosimidan so‘ng Ko‘ksaroyda davlat rahbarlarining muzokaralari boshlanadi. Muzokaralar avval tor, keyin keng doirada o‘tkaziladi.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston—Tojikiston hamkorligini yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
https://www.facebook.com/Mirziyoyev/videos/870879703101449/?t=3
Izoh (0)