Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ispaniyaning “Vilyarreal” jamoasi yarim himoyachisi, rossiyalik Denis Cherishev faoliyatinin “Valensiya”da davom ettiradigan bo‘ldi. 27 yoshli futbolchi “ko‘rshapalaklar” tarkibida bir mavsum davomida ijara asosida to‘p suradi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Qayd etilishicha, Cherishevni “Valensiya”ga olib kelishni shaxsan jamoa bosh murabbiyi Marselino Garsiya Toral xohlagan. Murabbiy futbolchi bilan vaqtida “Vilyarreal”da birga ishlagan.

Denis uchun “Valensiya” begona emas. U 2015/16-yilgi mavsumda “Real Madrid” tomonidan “ko‘rshapalaklar”ga ijaraga berilgandi. O‘shanda u jamoa safida 7 uchrashuvda qatnashib, 3 ta gol urishga erishgan.

O‘tgan mavsumda esa Cherishev “Vilyarreal” safida La Liganing 24 uchrashuvida 2 ta gol kiritdi. Rossiya terma jamoasi safida JCh—2018 da esa 5 ta o‘yinda qatnashib, 4 ta gol urishning uddasidan chiqdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyalik milliarderlar yil boshidan buyon qariyb 100 mlrd dollar yo‘qotgan
Dunyo
Zaporojye AES bosh direktori Igor Murashov Rossiya asirligidan ozod qilindi
Mahalliy
“Jamoaga yordam bermaganlar uni yo‘q joydan qoralayotgani achinarli” — Sherzod Shermatov 819 mln so‘m sarflangan IT tadbiri haqidagi gaplarni “mayda g‘iybatlar” de...