Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasining bolalar ginekologiyasi bo‘limi negizida Respublika qizlar salomatligi markazi, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari hamda Toshkent shahar o‘smirlar dispanserining bolalar ginekologiyasi bo‘limlari negizida qizlar salomatligi markazlari faoliyat boshladi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosar Elmira Basitxanovaning so‘zlariga ko‘ra, qizlarga malakali ginekologik ambulator yordam ko‘rsatish maqsadida barcha tuman va shaharlardagi ko‘ptarmoqli markaziy poliklinikalarda qizlar salomatligi bo‘limlari tashkil etildi

“Maqsadimiz — mamlakatimizdagi 5 milliondan ziyod 18 yoshgacha bo‘lgan qizlarni qamrab olishdir. Ushbu markazlar qiz bolalar va o‘smir qizlarga yuqori texnologik, ixtisoslashtirilgan malakali tibbiy yordam ko‘rsatishning zamonaviy infrastrukturasini rivojlantirishda alohida o‘rin tutadi. Keyinchalik ushbu markazlarga bo‘lgan talabga qarab, faoliyat qamrovini yana kengaytirib borish ham ko‘zda tutilgan”, — deydi vazir o‘rinbosari.

Qayd etishlaricha, Qizlar salomatligi markazlari qiz bolalar va o‘smir qizlarga maxsus tibbiy yordam ko‘rsatish, bolalar ginekologiyasi bo‘yicha yuqori texnologiyalarga asoslangan o‘quv, ilmiy va moddiy-texnika bazani shakllantirishga yo‘naltirilgan.

Bundan tashqari, to‘plangan tajribani respublika sohaviy muassasalariga yetkazish, shuningdek, bolalar ginekologiyasi sohasida diagnostika, davolash, profilaktika va reabilitatsiya bo‘yicha yuqori texnologiyalarga asoslangan ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam berish borasida ham faoliyat olib boradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar