Belgiyada 9 va 11 yoshli bolalar evtanaziya qilindi. Ular evtanaziya qilingan eng yosh insonlardir, deb yozadi TJournal. Voqea aynan qachon bo‘lgani aniq emas, The Telegraph bu haqda 2016—2017-yillarga doir hisobot asosida axborot bergan.
To‘qqiz yoshli bola miya o‘smasi, 11 yoshli bola esa mukovissidozdan aziyat chekkan. Evtanaziyadan avval bolalar o‘z qarorini anglayotganligini tushunish uchun ular ruhshunoslar ko‘rigidan o‘tgan.
“Shu darajadagi ruhiy va jismoniy azobni ko‘rdimki, qilgan ishlarimizning bari to‘g‘ri deb o‘ylayman”, — deydi Belgiyadagi evtanaziyalarni tartibga soluvchi komissiya — CFCEE a’zosi Lyuk Proot.
Belgiyada 2014-yili evtanaziya uchun yosh bo‘yicha cheklov olib tashlangan edi. Mamlakatda 2016—2017-yillarda evtanaziyadan 4 337 kishi foydalangan.
Ma’lumot uchun, evtanaziya — har xil harakatlar yoki qurollar bilan, uning ichida hayotini sun’iy yo‘l bilan ushlab turgan asboblarning ishini to‘xtatish yo‘li bilan bemorning o‘z o‘limini tezlatish haqidagi iltimosini qanoatlantirishdir. Odatda bedavo kasallikka chalingan va buning natijasida chidab bo‘lmas azob chekayotgan insonlarning iltimosiga amalga oshiriladi. Uning ikki turi bor — faol va passiv, ayni vaqtda passivini yana ikki turga — ixtiyoriy va majburiyga ajratish mumkin. Jahonning bir qator davlatlarida evtanaziyaga rasman ruxsat berilgan; O‘zbekistonda huquqiy maqomi noma’lum.
Izoh (0)