Indoneziya sharqida ro‘y bergan samolyot qulashida 8 kishi halok bo‘ldi, bir kishi omon qoldi. Bu haqda mamlakat transport vazirligi vakili ma’lum qildi, deya xabar beradi Xinhua.
Agentlikning bildirishicha, Dimonim Air xususiy kompaniyasiga qarashli PAC750 kichik samolyoti 12-avgust kuni Papua provinsiyasining Oksibil tumani hududida aniqlandi. Oldinroq uning uchuvchisi dispetcherlar bilan aloqaga chiqmay qo‘ygandi.
Kichik samolyot bortida 7 nafar yo‘lovchi va ekipajning ikki a’zosi bo‘lgan. Halokat ro‘y bergan Papua provinsiyasi geografik joylashuviga ko‘ra parvozlar uchun xatarli hisoblanadi.
Izoh (0)