“Yandeks.Novosti” servisi O‘zbekistonga kirdi va UZ domenida ish boshladi, deb yozadi Spot “Yandeks” matbuot xizmatiga tayanib.
Avvalroq O‘zbekiston aholisi yandex.uz bosh sahifasida o‘zbek matbuotidagi dolzarb yangiliklarni o‘qishi mumkin bo‘lishi haqida ma’lum qilingan edi.
Endi news.yandex.uz sayti news.yandex.ru’ga yo‘naltirmayapti, O‘zbekiston haqidagi yangiliklar bo‘limida esa chet el OAVlari bilan birgalikda, mahalliy OAVlarning ham yangiliklari paydo bo‘ldi.
“Yandeks.Novosti” — “Yandeks”ning yangiliklarni avtomatik qayta ishlash va tizimlashtirish xizmati. Servis 2000-yildan buyon ishlaydi. Yangiliklar real vaqt rejimida qayta ishlanadi.
Shu bilan birgalikda, O‘zbekiston aholisi “Yandeks.Muzika” servisida bepul musiqa tinglash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ammo kompaniya saytida servisda musiqaga obunani sotib olmasdan turib, faqat Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Rossiyada tinglash mumkinligi aytilgan.
Spot aniqlashicha, servisda musiqani provayderdan qat’i nazar, bepul eshitish mumkin. “Demak kompaniya ‘Yandeks.Muzika’ servisini ham tez orada O‘zbekistonda rasman ishga tushiradi”, deyiladi xabarda.
Izoh (0)