G‘arbiy Qozog‘iston viloyati politsiyachilari o‘zbekistonlik fuqaroga nisbatan bir yo‘la 35 ta jinoiy ish qo‘zg‘atdi, deb yozadi “24.kz”.
Firibgar tadbirkorlik faoliyati niqobi ostida kishilarni aldab kelgan. Uralskdagi korxona direktori bo‘lgan o‘zbekistonlik fuqaro aholiga arralangan binokorlik materiallarini sotish va yetkazib berish bo‘yicha xizmatlarini taklif qilgan.
Soxta tadbirkor fuqarolardan oldindan haq olib, so‘ngra g‘oyib bo‘lgan. Shu tariqa bir yil davomida faoliyat yuritgan. Oqibatda aldangan fuqarolar politsiyaga murojaat qilgan.
Surishtiruv davomida 40 ga yaqin odam firibgar qurboniga aylanganligi aniqlangan.
“Qozog‘iston hududini tark etishga uringan fuqaro Yu. Petropavlovsk shahrida qo‘lga olindi. Hozirda unga nisbatan ehtiyot chorasi qo‘llanilgan”, — deydi G‘arbiy Qozog‘iston viloyati Ichki ishlar departamenti axborot bo‘limi boshlig‘i Ibragim Jusupkaliyev.
Izoh (0)