Toshkent shahar Yo‘l harakati boshqarmasi texnik vositalardan foydalanish departamenti tomonidan “Chorsu” savdo markazidan boshlab Abdulla Qodiriy ko‘chasi bo‘ylab Sharof Rashidov chorrahasiga qadar yo‘l belgilarini yangilash, yo‘l chiziqlarini bo‘yash va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shu munosabat bilan avtotransportlar harakatida bir qancha noqulayliklar yuzaga kelishi mumkin.
Izoh (0)