• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ekspert: O‘zbekistonda rahbarlar yo buxgalterga, yo tekshiruvchilarga pul to‘laydi

    Direktorlar ikki turga bo‘linadi: ba’zilari o‘z buxgalteriga, ikkinchilari tekshiruvchi organlarga pul to‘laydi. Ekspert, tajribali buxgalter Selimova Dina Mamadaliyevna bu boradagi kuzatuvlari bilan o‘rtoqlashdi, deb yozadi Norma.

    Foto: Norma

    Foto: Norma

    “Mehnat faoliyatim davomida turli sohalarda bosh buxgalter bo‘lib ishlaganman. Ishlab chiqarish, ulgurji savdo, lizing, qurilish va ayrim turdagi xizmatlar. Buxgalterlar, direktorlar, muassislar timsolida hamkorlar va mijozlar bilan tez-tez muloqot qilishimga to‘g‘ri kelgan, albatta.

    Muloqot davomida menda muayyan rahbar stereotipi shakllandi. Shartli ravishda ularni ikki turga bo‘lish mumkin.

    Birinchi turdagi rahbar buxgalterga, ikkinchisi tekshiruvchi organlarga to‘laydi. To‘g‘ri, yaxshi pul to‘lanadigan buxgalter ishlaganda ham tekshiruvlarda chiqim qilishga to‘g‘ri keladi. Shunga qaramay, bu xarajatlarni bir-biri bilan taqqoslab bo‘lmaydi.

    Buxgalterning mehnatiga yarasha haq to‘lovchi rahbar ushbu mutaxassis unga nimaga kerakligini tushunadi. Yaxshi buxgalterdan pulini ayamaydi, chunki hisob yuritishda muammo bo‘lmasligiga, undan jo‘yali maslahat ham olishiga ishonadi. Soliqlarni maqbullashtirish uchun qaysi turdagi bitimni tuzish, kam xarajat bilan foydani qanday ko‘rinishda taqsimlash kabi masalalarda bilimdon buxgalter o‘rinli maslahat beradi. Obuna yoki seminarlar haqini to‘lash vaqti kelganda bunday rahbar mablag‘ini qizg‘anmaydi, bu uning uchun naf keltirishini tushunadi, bosh buxgalteri qonunchilikdagi o‘zgartirishlardan boxabar bo‘lib, malakasini oshirishini xohlaydi.

    Ikkinchi turdagi rahbarlarga kelsak. U buxgalterga ma’lumotlarni to‘plab, soliqlarni hisoblaydigan va to‘laydigan oddiy hisobchi deb qaraydi. Amaldagi stavkalarni qo‘llab, o‘sha YaST yoki YaITni o‘zim ham bemalol hisoblay olaman deb o‘ylaydi. Biroq tekshiruv paytida o‘ziga ortiqcha bino qo‘yishi ko‘pincha bir necha millionlik jarima solinishiga va “minnatdorchilik” bildirilishiga olib keladi. Bunday rahbar noxush vaziyatlarga ko‘p to‘qnash keladi.

    Masalan, haqning 15 foizini to‘lagan mijoz tegishli hujjatlarsiz tovarni olishga keldi. Tovarni ishonchnomasiz yuklab jo‘natish mumkin emasligi haqidagi buxgalterning ogohlantirishiga qaramay, rahbar o‘z mijoziga ishonib, uni berib yubordi. Natijada hujjatlar rasmiylashtirilmadi. “Tekshirilgan” mijoz g‘oyib bo‘ldi. Direktor yechim topishni buyurdi. Biroq mazkur vaziyatda har qanday yechim – qonun bilan o‘ynashish demak…

    Boshqa holatda firmaga tovar olishni ko‘zlab, to‘ldirilmagan hisobvaraq-fakturaning imzolangan blankasini ko‘tarib kelishdi, unda xaridor rekvizitlari va… uning imzosi bor edi. Blankaga sotuvchi rekvizitlarini qayd etib, tovarni yuklab jo‘natdilar. Buxgalterning oluvchi qani degan savoliga asosiysi – hujjatlar rasmiylashtirildi deya javob qaytardilar. Qanchadir vaqt o‘tgach, buxgalter “oluvchi”ni ko‘rdi. Biroq prokuratura departamentida. 3–4 oy davomida tinmay qatnagan paytida. Qancha vaqti, asabi ketdi… Muqobil tekshiruv tovar qoldiqlarini tekshirishga asos berdi, budjetga ham ancha miqdorda jarima kelib tushdi. Yaxshi hamki, rahbariyat “mas’uliyat”ni zimmasiga oldi. Biroq, boshqa buxgalterlar bilan suhbatda bundan ham ayanchli voqealarni eshitish mumkin. Rahbar dom-daraksiz yo‘qolsa, hamma javobgarlik buxgalterga yuklatilar ekan.

    Bunday rahbar bilan ishlagan ma’qulmikin, deb o‘ylab ko‘rish kerak. Gap uning ishida bilimdon buxgalter qanchalik foyda keltirishini tushunmasligida emas. U qonunchilik bilan o‘ynashib, nafaqat o‘zini, balki qo‘l ostidagi xodimini ham chuv tushiradi. Kam oylik evaziga ishlashga rozilik berayotganda bu bilan qonunchilikka rioya etish uchun javobgarligimiz kamayib qolmasligini bilamiz. U buxgalter qancha maosh olishiga bog‘liq emas.

    To‘g‘ri, o‘z bilimiga ishongan oqil mutaxassisgina direktorni tanlashi mumkin. Shu sababli ham, aziz buxgalterlar, o‘qib-o‘rganing va mehnatingiz qiymatini oshiring. Malakangiz ustida ishlang va obro‘ingizni o‘ylang, ish beruvchi – sifatsiz bo‘lsa ham, lekin arzon-ku, degan tanlov oldida qolmasin. Bu buxgalterlarning asabiylashishiga, salomatligini yo‘qotishiga olib kelishi mumkin. Rahbarlarga esa “baxilning bog‘i ko‘karmas” degan maqolni eslatgan bo‘lar edim”.

    09.08.2018, 12:43   Izoh (0)   28707
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoyning Linglong kompaniyasi Angrenda shina zavodi qurilishini yakunladi

    09.08.2018, 12:30

    O‘zbekistonda bepul Lada avtomobili haqidagi eski feyk ommalashib ketdi

    09.08.2018, 12:18

    Farg‘onaning ayrim hududlarida bog‘chalar uchun ota-onalar to‘lovi ikki baravarga pasaytirildi

    09.08.2018, 11:53

    Samarqandlik ayol nogiron farzandiga fuqarolik pasportini ololmayotganidan shikoyat qildi

    09.08.2018, 11:27

    AQSh Rossiyaning “Sistema” kompaniyasi bosh aksiyadori Yevtushenkovga O‘zbekiston va Qrim bilan noqonuniy operatsiyalar uchun sanksiyalar kiritmoqchi

    09.08.2018, 11:00

    O‘zbekistonda qonunchilik bazasi to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi

    09.08.2018, 10:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Telegram tovlamachilik bilan shug‘ullanuvchi kanallarni bloklaydi

    Dunyo | 12 avgust, 15:10

    Rossiyada migrant bolalar uchun maktab ta’limi pullik bo‘lishi mumkin

    Dunyo | 12 avgust, 14:55

    Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport O‘rta Chirchiq tumanida qurilishi mumkin

    O‘zbekiston | 12 avgust, 14:42

    Krishtianu Ronaldu farzandlarining onasi Jorjina Rodrigesga turmush qurish taklifini berdi (foto)

    Sport | 12 avgust, 14:25

    Norvegiya Isroilga kiritgan investitsiyalarini qaytarib oladi

    Dunyo | 12 avgust, 14:10

    UFC jangchisi Maykl Peyj Drikus va Chimayev o‘rtasidagi bahsning favoriti kim ekanini aytdi

    Sport | 12 avgust, 13:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.