Ichki ishlar vazirligi Post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Akramovni o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi va unga nisbatan qamoqqa olish chorasi qo‘llandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” ma’lum qildi.
Jinoyat sodir etishda gumon qilinib shahar IIBB HPB (Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi) katta inspektori R.Abdullayev ushlangan, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi. R.Abdullayev 1985-yilda tug‘ilgan. IIV tizimida 2009-yildan ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, Ichki ishlar vazirligi Post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Dilshod Akramovning murdasi 4-avgust kuni soat taxminan 21:10 da o‘z xizmat xonasida topilgan.