O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Dilshod Akramovning murdasi 4 avgust kuni soat taxminan 21:10 da poytaxtning Taras Shevchenko ko‘chasidagi o‘z xizmat xonasida qotillik alomatlari bilan topilgan.

Foto: “Gazeta.uz”

Bu haqda, Bosh prokuraturaga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda. Dilshod Akramov 2018-yil iyul oyida bosh boshqarma boshlig‘i etib tayinlangan edi.

Shu kunning o‘zidayoq Toshkent prokuraturasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandi (“o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o‘ldirish”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘agan. Hozirgi vaqtda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.